Bu haqda Islom inqilobi qöriqçilari korpusining sobiq qömondoni va Eron oliy rahbari boş harbiy yordamçisi, general-mayor Yahyo Rahim Safaviy ma’lum qildi.
«Eron harbiy dronlarini sotib olişga hozirgi nomzod davlatlar Armaniston, Tojikiston, Serbiya, Jazoir, Venesuela va boşqalar», dedi Safaviy.
Uning qöşimça qilişiça, 1979 yilgi islom inqilobidan oldin Eron özining harbiy ehtiyojlarining 80 foizini xorijdan, birinçi navbatda, AQŞ va boşqa Ğarb davlatlaridan import qilgan bölsa, hozir hamma narsani özi işlab çiqarmoqda.
Tojikistonning harbiy tuzilmalari bu xabarga izoh bermadi.
Şu yilning may oyida Tojikistonda Eronning Abobil-2 dronlarini işlab çiqaruvçi korxona oçilgani haqida Eron matbuoti xabar bergan edi. Tojikiston tomoni bu borada rasmiy ma’lumot e’lon qilmadi.











