Qarorga köra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida oçiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar işga tuşiriladi.
Köçmas mulk obektlariga kadastr yiğmajildini tayyorlaş işlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oşiriladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va taşkilotlari, fuqarolar özini özi boşqariş organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratiş haqida qaror qabul qilinmagan yer uçastkalarini rasmiylaştiriş işlari yakunlanadi.
Davlat kadastrlarini yurituvçi vakolatli organlar 2022 yil oxiriga qadar öz ma’lumotlar bazalari axborot tizimiga töliq integratsiya qilinişi ta’minlanadi.
Malaka şahodatnomasiga ega bölgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilgani uçun har oyda BHM bir baravari miqdorida tölov amalga oşiradi.
Oçiq ma’lumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boşqaruvi organlariga bepul, jismoniy şaxslar, xöjalik birlaşmalari va boşqa yuridik şaxslarga tölov evaziga taqdim etiladi.
Köçmas mulkka bölgan huquqlar davlat reyestridagi yer uçastkasi kadastr raqami, manzili va undan foydalaniş maqsadi töğrisidagi ma’lumotlarni foydalanuvçilar tomonidan bepul oliş imkoniyati yaratiladi.












