Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim shaharlarda budjet tashkiloti xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lanadi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi 2 ta banddan va qaror loyihasiga ilova 2 banddan iborat. Ushbu qarorning qabul qilinishi quyidagilarga imkon beradi:
birinchidan, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Zafarobod shaharchasida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun xodim yuqorida keltirilgan shaharlar hududlaridagi budjet muassasalari va tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib rag‘batlantirish;
ikkinchidan, muayyan davr ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlar rayon koeffitsiyentlari va cho‘l, suvsiz, baland tog‘ hududlarida ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar qo‘llaniladigan mehnat haqiga qo‘shib hisoblanishi;
uchinchidan, muayyan davr ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlar pensiyalar, mehnat ta’tili uchun beriladigan haq, ishdan bo‘shatish nafaqasi, xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi vaqtida tan jarohati yoki sog‘lig‘i boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblash, o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish talab etiladigan holatlarda inobatga olinishi xodimlar nizomda ko‘zda tutilgan hududlarda mehnat qilishga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.
Mavzuga oid
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
21:00 / 11.01.2026