Pul yuvişga qarşi xalqaro işçi guruhi (FATF) 20-21 oktyabr kunlari bölib ötgan yalpi majlisidan söng Rossiyaga özining joriy va kelajakdagi loyihalarida iştirok etişni taqiqladi. Bundan taşqari, Rossiya endi FATF mintaqaviy organlari yiğilişlarida taşkilot a’zosi sifatida iştirok eta olmaydi.

FATF Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi oqibatida keraksiz qurbonlar, iztiroblar va halokat röy berayotgani uçun yana bir bor çuqur hamdardlik bildirdi. Şuningdek, Rossiyaning harakatlari «moliya tizimi xavfsizligi, işonçliligi va yaxlitligini mustahkamlaşga qaratilgan FATF'ning asosiy tamoyillarini buzişda davom etayotgani» ta’kidlangan. Şuni hisobga olgan holda taşkilot qöşimça çeklovlar joriy etişga qaror qildi.

FATF vaziyatning rivojlanişini kuzatib boradi va har bir yangi yalpi majlisida Rossiyaga nisbatan çeklovlarni bekor qiliş yoki uzaytiriş masalasini körib çiqmoqçi. Taşkilot, şuningdek, barça yurisdiksiyalarni Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni çetlab ötişga urinişlar xavfli ekani haqida xabardor qilmoqçi.

Iyun oyida Moskvaga FATF'da rahbarlik va maslahat funksiyalarini bajariş taqiqlangan edi. Ayni paytda, Ukraina uruş boşlanganidan beri Rossiyani taşkilotdan çiqarişga intilmoqda. Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak va AQŞning Rossiyadagi sobiq elçisi Maykl Makfol boşçiligidagi Rossiyaga qarşi sanksiyalar böyiça xalqaro ekspertlar guruhi bu Moskvaga sanksiyalarni çetlab ötiş vositalarini topişni qiyinlaştiradi va kapitalning mamlakatdan çiqib ketişini tezlaştiradi, deb hisoblaydi.

Şu bilan birga, Rosfinmonitoring FATF'ni Rossiyani çetlatiş «jinoiy daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş global tarmoğida nomutanosiblik xavfini keltirib çiqarişi» haqida ogohlantirdi.

FATF 1989 yildan beri mavjud. Rossiya 2003 yil iyunidan beri taşkilotning doimiy a’zosi hisoblanadi.