Keça parijliklar navbatdagi yirik ğalabani qölga kiritdi va Neymarsiz harakat qilgan Messi-Mbappe juftligi birgalikda uçta gol «yaratişdi». Bugun esa bizni bir qator top uçraşuvlar kutib turibdi. Avgustda «Brayton» bilan ten Hagni yenggan Potter ikkinçi marotaba şu işga urinib köradi, Ispaniyada esa Madrid va Andalusiya töqnaşadi – biratöla ikki uçraşuv. Italiyada Şomurodov bilan birga maşğulot ötkazadigan futbolçilar A Seriya peşqadamini yengişga urinib körişadi.

ÇeLSI – MANÇeSTeR YuNAYTeD (22 oktabr, 21:30)

Beş yil oldin «Çelsi» «Stemford Brij»da Morataning goli hisobiga «Mançester Yunayted» ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozongan. Öşa kuni mezbonlar asosiy tarkibida maydonga tuşgan futbolçilardan faqat Aspilikueta, mehmonlardan esa De Xea va Reşford qoldi xolos. Şundan buyon APLda jamoalar 9 marta töqnaş kelişdi va «Çelsi» ğalaba qozona olgani yöq. Töğri, orada ikki marta londonliklar «Uembli»da, Kubok bahslarida ustun kelganini ham e’tirof etiş kerak. Jamoalar örtasidagi oxirgi tört uçraşuv esa durang natija bilan tugagan.

Bugungi uçraşuvga ham jamoalar turnir jadvalida qöşni ölaroq röbaro‘ kelişmoqda. «Çelsi» atigi bir oçko oldinda bormoqda va agar mehmonlar ustun keladigan bölsa, ten Hag jamoasi uşbu mavsumda ilk bor kuçli törtlikka kirib oladi. «Yunayted» top raqiblarga qarşi öyinlarni juda yaxşi ötkazmoqda, «Old Trafford»da «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenhem» mağlub etildi, ammo yagona safar uçraşuvi «Etihad»da qanday tugaganini bilasiz. Ten Hag matbuot anjumanida qaysi maydonda öynaşning farqi yöqligini va faqat ğalaba uçun maydonga tuşişini ta’kidlab ötdi.

«Çelsi» yangi murabbiy qöl ostida asta-sekin öziga kelmoqda. Jamoaning mağlubiyatsiz öyinlari seriyasi 7 öyinga yetdi, Çempionlar Ligasidagi vaziyat biroz önglandi. Ayniqsa, himoya çiziğini alohida e’tirof etiş kerak – Kepa beş öyindan beri öz darvozasidan gol olib çiqqani yöq. Töğri, qatorasiga 5 ğalabadan söng, «Brentford» maydonida durang qayd etildi, ammo Potter bu uçraşuvda ba’zi futbolçilarga dam berganini ham ta’kidlaş kerak. «MYu»ga qarşi öyin, uç kun ötib esa Çempionlar Ligasidagi hal qiluvçi bahs oldidan murabbiy rotatsiya amalga oşirdi, deyiş mumkin. Katta ehtimol bilan Obameyang, Silva, Kovaçiç, Sterling kabi futbolçilar bugun ilk daqiqalardan maydonga tuşişadi.

Yöqotişlarga kelsak, mezbonlar safida doim «Yunayted»ga qarşi öyinlarda gol urişni yoqtiradigan Kante, şuningdek, Ris Jyeyms maydonga tuşa olmaydi. Mehmonlar safida esa Marsiyal, Maguayr va Donni van de Bek töliq tiklanib ulgurgani yöq. Ten Hag keça faqat Aaron van Bisakka töliq maşğulotlarga qaytganini ma’lum qildi. Şuningdek, «Çelsi» darvozasiga oxirgi golni urgan «iblis» – Kriştianu Ronaldu ham Londonga bormadi. Buning sababi hammaga ma’lum.