Hukumatning “Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi töğrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida"gi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat prezidentning "Qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan foydalaniş va muhofaza qiliş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qaroriga muvofiq qabul qilindi. 

U bilan yuqorida körsatilgan Vazirlar Mahkamasining qaroriga quyidagi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:

  • birinçidan, qarorning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboşisi bilan töldirildi: bunda, uşbu bandni, ya’ni Kadastr agentligi xodimlarining lavozim maoşini belgilaşda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oşirilgan holda qöllaniladi, amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlar budjet mablağlaridan saqlanadigan xodimlar uçun davlat budjetidan, qolgan xodimlar böyiça DSQ huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan taşqari jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi;
  • ikkinçidan, 1-ilovaning 27 va 28-bandlari yangi tahrirda bayon qilindi. Unga köra, agentlik direktori ikki örinbosar (ilgari - 4 ta, bittasi – birinçi örinbosar) hamda uç maslahatçiga ega böladi (ilgari, bu lavozim bölmagan). Maslahatçilar örinbosarlar maqomiga tenglaştiriladi;
  • uçinçidan, 1-ilovaning 34-bandi quyidagi mazmundagi tahrirda bayon qilindi: agentlikda agentlik direktori (hay’at raisi), uning örinbosarlari va maslahatçilari (lavozimi böyiça), şuningdek, uning faoliyati asosiy yönalişlarini muvofiqlaştiruvçi tarkibiy bölinmalar rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi;
  • törtinçidan, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boşqarmalarida köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişda yuzaga keladigan nizolarni sudgaça hal qiliş komissiyalari taşkil etilmoqda. Qöşimça 2-ilovaning 6-bandiga kiritildi.

beşinçidan, davlat kadastrlari palatasining funksiyalariga yana quyidagilar qöşildi:

  • yer uçastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalaş va hisobga olinişini ta’minlaş maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini şakllantiradi;
  • yer fondi toifalarining yer turlari böyiça milliy hisobotni milliy geoaxborot tizimida yuritilişini amalga oşiradi;
  • yer fondi holatidagi özgarişlarni öz vaqtida aniqlaş ustidan kuzatişlar tizimini taşkil etadi va amalga oşiradi;
  • yer hisobotini, tuman (şahar) yer kadastri daftarini faqat milliy geoaxborot tizimida yuritadi;