Toşkent şahri Olmazor tumanidagi Ziyo va Şifonur köçalari kesişmasida kamera örnatilgan. Uşbu kamera aftidan sfetoforning qizil çiroğiga ötuvçi, yöl çiziqlarini qoidalarni buzib bosgan haydovçilarni fiksatsiya qiladi.
Bizga haydovçi S.Jumanov uşbu çorrahada 21 sentabr kuni sodir etilgan qoidabuzarlik uçun belgilangan jarima qöllaş töğrisidagi qarorni yubordi.

Lacetti avtomaşinasiga harakatlaniş çoğida yöl çiziqlari talabiga rioya etmagani uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-moddasi 1-qismiga köra, 150 ming söm jarima belgilangan.
Fotodan körinib turibdiki, yölda qandaydir quriliş işlari olib borilmoqda. Tösiq va çetlab ötiş belgilari qöyilgan. S.Jumanov boşqaruvida bölgan Lacetti avtomaşinasidan taşqari barça çetlab ötiş asnosida qatnov qismini bölib turuvçi qöşsidirğa yöl çiziğini bosişga majbur bölmoqda.

Öz-özidan, bu çorrahada şu ta’mirlaş işlari yakunlangunga qadar kamera nazdida «qoidani buzgan» barça avtomobillarning haydovçilariga jarima jönatilgan.
«Uşbu jarimani olib taşlaşni sörab Yunusobod («Gvardeyskiy») YHXBga borsak «Çilonzorga jönatişdi, ular biz yeçolmaymiz, sud böladi, öşa yerda hal böladi», deb ovora qilişmoqda. Arzimagan 150 ming söm uçun neça kun qança vaqt ketyapti. Biz qoidalarni buzsak, jarimani tölaymiz. YHXB notöğri jarima belgilaganiga javob berişi kerak emasmi?» — deydi haydovçi.
Bu vaziyatda kişini hayratlantiruvçi, örni kelsa ğazablantiruvçi holat — faqat haydovçilarni jarimaga tortiş mumkin bölgan, kamera örnatilgan joydagina yölga çiziq tortib qöyilgani. Demak, yöllarda harakatlaniş uçun xavfsizlikni ta’minlaş uçun mas’ul bölganlar uçun jamiki yöllar aniq-tiniq çiziqlar bilan çizilişi emas, faqat haydovçilarni jarimaga tortiş mumkin bölgan joylardagina şunaqa çiziqlar bölişi yetarli.
Qolaversa, çorrahadagi yöllardagi ajratuvçi çiziqlar ham qoidaga xilof çizilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 apreldagi «Yöl harakati qoidalarini tasdiqlaş töğrisida»gi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalarining 2-ilovasida yöl çiziqlari körsatib ötilgan. Çunonçi, ikki polosali yölda qarama-qarşi yönalişlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratiş uçun 1.1 yotiq yöl belgisidan foydalaniş kerakligi körsatib ötilgan.













