«Ukraina Oliy sudi tarkibidagi Kassatsiya ma’muriy sudi «Ukraina sotsialistik partiyasi» apellyatsiya şikoyatini qanoatlantirmadi. Bu bilan uning faoliyati mamlakat hududida uzil-kesil taqiqlandi», deyiladi Ukraina xavfsizlik xizmati xabarida. 

Ukrainada faoliyati taqiqlangan rossiyaparast partiyalar soni 12 taga yetdi. Hozirgi paytda mamlakatda «Muxolifat bloki», «Sotsialistlar», «Adolat va rivojlaniş», «Biznikilar», «Davlat», «Şariy partiyasi», «Vladimir Saldo bloki», «Söl oppozitsiya», «Söl kuçlar ittifoqi», «Hayot uçun — muxolifat platformasi», «Ukraina progressiv sotsialistik partiyasi», «Ukraina sotsialistik partiyasi» faoliyati taqiqlangan.