Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganining ertasiga peterburglik yurist Andrey Nikiforovga ham çaqiruv qoğozi keladi. Frontgaça borişi uçun unga atigi ikki hafta yetarli böldi: uç kun harbiy harakatlarda iştirok etiş böyiça tayyorlandi, keyin Ukraina bilan çegaradagi Belgorod şahriga olib ketişdi, u yerda öz puliga harbiy kiyim sotib oldi, şundan söng Ukrainadagi Rossiya bosib olgan hududga olib ketişdi. Andrey öşa yerda halok böldi.

Nikiforovning oilasi u 7 oktyabr kuni Luhansk viloyatidagi Lisiçansk şahri yaqinida halok bölgani haqida xabar oladi. Vafot etgan yuristning jasadi yetib kelmay, singlisi Yuliya Kuznetsovaning eri va öğliga ham çaqiruv qoğozi keladi.

«Bumaga» naşri Yuliya bilan suhbatlaşib, uning ukasi Ukrainaga ketişi haqida nimalarni aytişga ulgurgani, nega oila sudga murojaat qilmoqçi ekani haqida ma’lumot oldi. «Meduza» ham bu maqolani e’lon qildi.

Andrey Nikiforov kim edi va u qanday qilib çaqiruv qoğozi oldi?

Biz köp bolali oilamiz, eng kattasi menman. Andryuşa örtançimiz, u 40 yoşda edi. Undan kiçik ukam ham bor. OAVda Andreyning xotini haqida ham yozişdi, lekin ular 7 yildan buyon birga yaşamaydi. U Suv kommunikatsiyalari davlat universitetida öqidi, keyin politsiyada tezkor xodim bölib işladi. Ukam Peterburgdagi advokatlar palatasida işlab yurgan vaqtida safarbarlikka jalb qilindi.

Çaqiruv xati kelganda Andrey biz bilan yaşardi. Xat kelganda u işda edi, uni singlim imzo qöyib olgandi. Andrey işdan kelib çaqiruv xatini öqidi. Nima ham qilardi, keyingi kun Primorsk rayonidagi harbiy qismga bordi, 23 sentabr edi. Uni birdaniga olib ketmoqçi bölişdi, lekin hujjat böyiça işlarini tugatib olişiga ruxsat berişdi.

Ukam bir kunda işlarini bitirdi va 24 sentabr kuni uni olib ketişdi. Gaplaşib turardik, «Qizlar, hammasi yaxşi» deb yozgandi ham. Bizning örtamizda heç qanday sir yöq edi. Andrey bilan bir kvartirada yaşardik, şu sabab uning ölimini juda oğir qabul qildim, xuddiki hammasi köz öngimda bölgandek.

Nikiforov qanday qilib uç kunlik tayyorgarlikdan keyin frontga yöl olgan?

Kamenkada uni qanday tayyorlaşganini bilmayman, çunki bu haqda aytmagandi. 27 sentabrdan keyin Andrey aloqaga çiqmay qöydi. Uni Vologda va Astraxan orqali uç kunda Belgorodga olib borişgan. Hamma yerda töxtab safarbar qilinganlar bölgan vagonlar qöşib borilgan. 1 oktyabr kuni Belgoroddan qönğiroq qildi. Özining pasporti va boşqa yigitlarning hujjatlarini yuborib, hammasi yaxşi ekanini aytdi.