Filippinlik o‘qituvchining ko‘chirmachilikka qarshi qo‘llagan usuli shov-shuvlarga sabab bo‘ldi
Filippindagi maktab o‘quvchilari imtihon vaqtida bir-biridan ko‘chirmaslik uchun o‘ziga xos bosh kiyimlarda kelishgan. Ularning surati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan.

Foto: MARY JOY MANDANE-ORTIZ
Filippinning Legazpi shahridagi Bikol universiteti qoshidagi muhandislik kolleji o‘quvchilariga imtihon javoblarini boshqalardan ko‘chirmaslik uchun maxsus bosh kiyim yasab kelish aytilgan. O‘quvchilar karton qog‘ozlari, tuxum qutilari va boshqa qayta ishlanadigan materiallardan o‘zlariga bosh kiyim yasab, imtihon davomida shuni kiyib, topshiriq bajarishgan.
Ko‘chirishga qarshi bunday bosh kiyim tayyorlashni o‘quvchilardan so‘ragan professor Meri Joy Mandane-Ortiz bu usul haqiqatan ham foyda berganini aytadi.
“Ko‘chirishning imkoni bo‘lmagani uchun ham o‘quvchilar imtihonga juda qattiq tayyorlanib kelishgandi. Shu sabab ham ularning ko‘pi testini belgilangan vaqtdan oldin tugatdi va bu yil ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmadi”, – degan Meri Joy Mandane-Ortiz BBC’ga bergan intervyusida.
Professor o‘quvchilarining imtihon jarayonidan Facebook’da postlar joylagach, suratlar minglab layk yig‘gan. Mamlakatdagi ayrim ta’lim muassasalari ham imtihonda shu usulni qo‘llamoqchiligi haqida yozishgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 19:53
-
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:49
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:43
-
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

22:37 / 08.04.2025