Muzokaralar chog‘ida Yaponiyadan O‘zbekiston shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va turizm sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Samarqandda soatiga 800 nafar yo‘lovchiga va haftasiga 120 tagacha havo qatnoviga xizmat ko‘rsata oladigan zamonaviy aeroport terminali hamda yangi sayyohlik markazi ochilganiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yaponiyaning yirik shaharlaridan O‘zbekistonga charter havo qatnovlarini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.















