Dunyoning eng iflos odami deb atalgan eronlik zohid 94 yoşida janubiy Fors viloyatidagi Dejgoh qişloğida vafot etdi.

Mahalliy aholi orasida «Hoji amaki» nomi bilan maşhur bölgan qariya quriliş çiqindilaridan yasalgan, kul bilan qoplangan kulbada yaşagan va 60 yildan ortiq vaqt davomida çömilmagan edi. Qişloq aholisi sözlariga köra, u yoşligida «hissiy tuşkunlikni» boşidan keçirgan, oqibatda yuvinişdan voz keçgan.

Bir kuni mahalliy aholi uni qişloq yaqinidagi daryoga çömiliş uçun olib borgan. Lekin Hoji ularning nima qilmoqçi ekanini bilgaç, maşinadan sakrab tuşib, qoçib ketgan.

2014 yilda Hoji yölda topilgan ovqat qoldiqlarini yeb, hayvon najasi bilan töldirilgan trubkani çekib, ozodalik kasallikka olib boradi degan fikrda yaşayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Şunga qaramay, bir neça oy oldin, qişloq aholisi uni çömilişga köndirişgan.

Hoji vafotidan söng, «ifloslik» böyiça norasmiy rekord umrining köp qismida yuvinmagan hindistonlikka ötişi mumkin. Kailaş «Kalau» Singh 22 yil oldin «savob umidida» çömilişdan boş tortgan edi. 40 yoşida u ayollarga qarşi jinoyatlar, hududiy kelişmovçiliklar va hayvonlarni öldiriş davom etar ekan, çömilmaslikka qasam içdi. Singh hozirgaça qasamini buzmay kelmoqda.