Janubiy Koreyada Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi (MOQA) Boş assambleyasi doirasida Markaziy Osiyo milliy olimpiya qömitalarining navbatdagi sessiya ötkazildi.

Yiğilişda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston MOQ vakillari iştirok etdi. Kun tartibidagi asosiy mavzu — Markaziy Osiyo öyinlarining qayta tiklanişi böldi.

Tomonlar birgalikda sport dasturini işlab çiqiş, şuningdek, yaqin ikki yil içida Markaziy Osiyo öyinlarini davom ettirişga kelişib oldilar. Öyinni ötkazuvçi davlat va sana keyinroq aniqlanadi.

Markaziy Osiyo sport öyinlarining birinçisi 1995 yilda Toşkentda ötkazilgan. Keyingi öyinlar 1997 yilda Olmaotada, 1999 yilda Bişkekda, sönggisi 2003 yilda Duşanbeda taşkil etildi.

Markaziy Osiyo öyinlarida mintaqaning 7 ta davlati iştirok etişi közda tutilgan: Qozoğiston, Afğoniston, Eron, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston.