Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Mikolayivni suv bilan ta’minlaydigan yagona quvurga ataylab zarar yetkazgan. Britaniyaning BBC korporatsiyasi jurnalistlari sun’iy yöldoşdan olingan suratlar va ijtimoiy tarmoqlardan olingan fotosuratlarni tahlil qilib, şunday xulosaga kelişdi. Korporatsiya 25 oktyabr, seşanba kuni suriştiruvdan parçalarni e’lon qildi.

Manbaga köra, quvurning suv yuzasiga çiqqan joyidagi şikastlanişi 12 aprel kuni sodir bölgan, sizib çiqiş 8 soatga yaqin davom etgan, 40 million litr suv atrofni bosib ketgan.

BBC 26 aprel kuni Maxar Technologies kompaniyasidan sun’iy yöldoş tasvirlarini qölga kiritdi, ularda Rossiya qöşinlari va kamida törtta tank vayron qilingan joy yaqinida joylaşgani körsatilgan. Mikolayiv viloyati davlat ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim jurnalistlarga hudud RF Qurolli kuçlari nazorati ostida ekanligini tasdiqladi. Xerson viloyati harbiy ma’muriyati boşliği lavozimini tark etişga majbur bölgan Dmitriy Butriy, öz navbatida, jurnalistlarga Mikolayiv ma’muriyati quvurni ta’mirlaş böyiça Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borganini aytdi, ammo okkupatsion kuçlar «obektni ta’mirlaş guruhiga ruxsat bermadi».

Mikolayivda BBC tomonidan olingan suratlar quvur boşqa joyda kesilganini, sun’iy yöldoş ma’lumotlariga köra, öşa paytda unga tutaş hudud Rossiya kuçlari nazorati ostida bölganini körsatadi.

Britaniya armiyasida artilleriyaçi sifatida 20 yildan ortiq xizmat qilgan va Iroqda BMT qurol inspektori sifatida uç yil işlagan Kris Kobb Smit vayronagarçilik tasodifiy snaryad zarbasi natijasida sodir bölgani ehtimolini «juda past» deb atadi. Bundan taşqari, «qasddan bilvosita zarba» sodir bölganligi «ehtimoli juda kam». Mutaxassisning sözlariga köra, vayronagarçilik portlovçi moddalarni töğridan töğri quvur ostiga yoki uning ustiga, eng zaif joyga ataylab joylaştiriş natijasida sodir bölgan. Xavfsizlik böyiça yana bir britaniyalik ekspert Maykl Uilan ham portlovçi moddalardan foydalaniş borasida şunday xulosaga kelgan.

Jurnalistlar bilan suhbatlaşgan BMT ekspertining ta’kidlaşiça, Mikolayivdagi suv quvuri xalqaro gumanitar huquqqa muvofiq, «tinç aholining omon qolişi uçun zarur bölgan obektlar»ning alohida muhofaza qilinadigan toifasiga kiradi va bu unga qarşi har qanday sabotajni noqonuniy işga aylantiradi.

Rossiyaning keng miqyosli bosqinidan keyin sodir bölgan gumanitar huquqbuzarliklar töğrisida hisobot beriş böyiça Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Moskva mexanizmi missiyasi a’zosi bölgan Jyeneva universiteti xalqaro gumanitar huquq professori Marko Sassoli ham şunday fikrga qöşildi. Unga köra, bu «albatta, xalqaro gumanitar huquqning buzilişidan dalolat beradi». «Tinç aholining yaşaşi uçun zarur bölgan obektlarni yöq qiliş taqiqlanadi», — dedi u.