Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi Qanqa majmuasi ekspeditsiyasi 2022 yili Toşkent vohasi eng yirik şaharlaridan bölgan tarixiy Qanqa yodgorligida olib borgan arxeologik izlanişlari davomida vohaning örta asrlar tarixiga oid yangi ma’lumotlar kaşf etildi.

Jumladan, XI-XII asrlar bilan davrlaştirilgan uzunligi 12 metr, kengligi 6,30 m bölgan katta zal topildi. Uning kiriş qismidagi poli pişiq ğiştlar bilan terilgan. Zal yon devorlari qalinligi 1,30 m kenglikda ekani uning mahobatli inşootligidan dalolat beradi.

Zal janubiy-ğarbiy burçagida yon devorlari ham pişiq ğişt bilan qoplangan bölib, kuçli olov natijasida kuygani bu yerda yoğoçdan işlangan peştoq ham mavjud bölganini körsatadi. Yonğin natijasida peştoqdan qulab tuşgan yirik yoğoç qoldiqlari ham aniqlanib, ular saqlanib qolganlari sinçiklab örganilganda yuza qismlari öyma naqşlar bilan bezalgani ma’lum böldi.

Qaziş işlari davomida örta asr qatlamlari ostida ilk örta asrlarga oid bölgan yana bir yirik inşoot qoldiqlari topildi. Inşoot Qanqa yodgorligi ilk örta asrlarga tegişli ibodatxona şarqiy tarafida joylaşgani uşbu yirik quriliş qoldiqlari ibodatxona bilan bevosita boğliq bölişi mumkinligi haqida xulosalar çiqarişga imkon beradi.

2022 yilga möljallangan dala-qaziş tadqiqotlari yakunlandi. Yuqoridagi fikrlar dastlabki tadqiqot natijalari xulosalari bölib, taqdim etilgan ma’lumotlar qayta işlangaç, töliq yakuniy xulosalar beriladi, deyiladi Fanlar akademiyasi ma’lumotida.