Ikkita hududdagi aeroportlar faoliyati tiklanib, Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi
Prezidentning tegishli qaroriga asosan Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlaridagi parvozlar tiklanib, Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan esa Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari turizm salohiyatini oshirish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, hududlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘lash maqsadida 2023 yil mart oyidan boshlab Samarqand-Nukus, Samarqand-Mo‘ynoq, Samarqand-Termiz, Buxoro-Termiz, Namangan-Termiz va Namangan-Nukus kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar boshlanadi.
Aviaqatnovlar jadvali yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temiryo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integratsiyalanadi hamda bu orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
Mavzuga oid

13:49 / 12.04.2025
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida yana bir muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

16:52 / 18.03.2025
Andijon xalqaro aeroporti 20 mart kuni ochiladi

17:49 / 17.03.2025