O‘zbekiston | 16:19 / 28.10.2022
6555
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar maxsus planshetlar orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi

“O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tajriba-sinov tariqasidagi yangi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi yanada takomillashtiriladi.

Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro‘yxatga olish faoliyati 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 sentabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha mulkdor arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinadi.

Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar kelgan kunidan boshlab 15 kun muddatda o‘z xohishiga ko‘ra, quyidagilarga murojaat qilishi mumkin: qulay manzildagi profilaktika inspektorlariga; migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga; davlat xizmatlari markazlariga; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ga. 

Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaro turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid