Bu haqda Ostonada bölib ötgan MDH hukumat rahbarlari kengaşi yiğilişida Belarus boş vaziri örinbosari Igor Petrişenko ma’lum qildi.
«II öyinlar 2023 yil 4-14-avgust kunlariga rejalaştirilgan. Belarus bu musobaqalarni ötkazişga töliq tayyor, barça zarur sport va tegişli infratuzilma bor», dedi u.
Igor Petrişenko MDH davlatlarini uşbu musobaqada faol iştirok etişga çaqirdi.
Öyinlar nafaqat Minskda, balki mamlakatning barça hududlarida – har bir viloyat markazida 2 ta sport turi böyiça ötkaziladi.
Öyinlarning oçiliş va yopiliş marosimlari Minsk-Arena sport-köngiloçar majmuasida ötkazilişi rejalaştirilgan. Sportçilar jami 21 ta sport turi böyiça bellaşadi.
MDH davlatlarining ilk öyinlari 2021 yil 4-11-sentabr kunlari Qozon şahrida ötkazildi. Musobaqa dasturiga sportning 16 turi kiritildi va 180 dan ortiq medallar töplami öynaldi. Xalqaro tadbirda 14 yoşdan 23 yoşgaça bölgan 1,14 ming nafarga yaqin sportçi – 9 ta MDH davlati vakillari iştirok etdi.











