28 oktyabr kuni Toşkentda Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlarining oltinçi yiğilişi bölib ötdi. Bu yiğiliş 11 noyabr kuni Samarqandda böladigan Turkiy davlatlar rahbarlarining ilk sammiti oldidan ötkazildi.

Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov bu yiğiliş xalqaro yuk taşuvlari uçun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

“Özbekiston iqtisodiyoti şiddat bilan ösayotgan vaqtda eksport va import mahsulotlarini yetkazişda bir qança qiyinçiliklarga duç kelyapmiz. E’tibor bergan bölsangiz, bugungi yiğilişda qatnaşayotgan mamlakatlar mazkur xalqaro yönaliş va transport korridorlarida iştirok etuvçi davlatlar hisoblanadi. Özbekistonning yuklari şimolga yoki Yevropa mamlakatlariga qarab taşilayotganda şu mamlakatlarga duç kelişimiz aniq.

Yiğilişimizning eng asosiy maqsadi – mana şu transport yölaklarini rivojlantirişdir. Ya’ni xalqaro yuk taşuvlarida mazkur davlatlar bir-birining yuklariga nisbatan qulayliklar, ba’zi tariflar doirasida imkoniyatlar yaratiş, raqamlaştiriş hisobiga çegaralardagi vaqtlarini tejaşni közda tutganmiz. Şuning uçun yiğiliş doirasida 2 ta hujjatni tayyorlab oldik. Bu hujjatlar 11 noyabrda ötadigan Turkiy davlatlar taşkiloti mamlakat rahbarlari darajasida imzolanadi. Bugun biz kerakli kelişuvlarga erişdik, uşbu hujjatlar şunçaki hujjatligiça qolmaydi. Şunga asosan xalqaro yuk taşuvçilarimizga barça şaroitlarni yaratib beriş imkoniyatiga ega bölamiz”, – dedi Ilhom Mahkamov.

Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo va kuzatuvçi mamlakatlar bayroği, tadbir iştirokçilari / Foto: Kun.uz
Ilhom Mahkamov Özbekiston transport vaziri / Foto: Kun.uz

Tadbirda taşkilotga a’zo davlatlarning transport vazirlari, temiryöllar hamda port logistika rahbarlari iştirok etib, sohaga oid ikkita muhim hujjatni imzolaşdi.

Tadbirdan surat / Foto: Özbekiston Transport vazirligi
Tadbirdan surat / Foto: Özbekiston Transport vazirligi