30 oktyabr, yakşanba kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida Braziliya sobiq prezidenti, söl qanot Işçilar partiyasi vakili Luiz Inasiu Lula da Silva ğalaba qozondi. U 50,87 foiz ovoz töpladi. Uning raqibi, amaldagi davlat rahbari, öng qanot populist Jair Bolsonaru 49,13 foiz saylovçilar tomonidan qöllab-quvvatlandi.

2 oktyabr kuni bölib ötgan saylovning birinçi bosqiçida 77 yoşli Lula da Silva sörovlar natijasida kutilganidan kiçikroq bölsa-da, Jair Bolsonarudan özib ketdi: söl nomzod uçun 48,5 foiz, amaldagi prezident uçun 43,2 foiz ovoz berildi.

Luis Inasiu Lula da Silva 2003-2010 yillarda Braziliya prezidenti bölgan va juda maşhur edi. Keyinçalik u korrupsiyada ayblanib 12 yilga qamalgan, biroq Oliy sud hukmni bekor qilib, unga qayta saylanişga ruxsat berdi.

Saylovlar oldidan Bolsonaru bir neça bor saylov tizimining mustaqilligiga şubha bildirgan va saylov natijalarini tan olmasligini istisno etmagan, uning tarafdorlari esa hatto namoyişlarga çaqirişgandi.

Lotin Amerikasining eng yirik davlati Braziliyada 156 milliondan ortiq kişi ovoz beriş huquqiga ega. Saylovda 118 millionga yaqin fuqaro qatnaşdi.