Britaniyaning Duvr port şahrida noma’lum şaxs La-Manş böğozini noqonuniy kesib ötgan muhojirlarni qabul qiliş markaziga öt qöyiş moslamalarini uloqtirdi. Ikki kişi yengil tan jarohati oldi. 30 oktyabr, yakşanba kuni Kent grafligi politsiyasi ma’lum qilişiça, köp ötmay hujumda gumon qilingan şaxs jinoyat joyi yaqinidagi yonilği quyiş şoxobçasida ölik holda topilgan.

Reuters xabariga köra, hujumni oq tanli erkak amalga oşirgan, u oq Seat maşinasida migrantlarni qabul qiliş markaziga borib, unga "Molotov kokteyli" uloqtirgan. Şundan söng u yaqin atrofdagi yonilği quyiş şoxobçasiga borib, özini öldirgan. Rasmiylar öz joniga qasd qiliş haqidagi ma’lumotni hali tasdiqlaganiça yöq. Irqçilik sabab bölgani taxmin qilinayotgan öt qöyiş holati yuzasidan tergov boşlandi.

Xabarlarga köra, Duvrda muhojirlarga qarşi namoyişlar muntazam ravişda ötkaziladi. Mahalliy deputat Natali Elfikning aytişiça, sönggi paytlarda keskinlik yanada kuçaygan. Joriy yilda 38 000 dan ortiq odam La-Manşni noqonuniy kesib ötdi, bu 2021 yilga nisbatan sezilarli ösişdir. Buyuk Britaniyaning konservativ hukumati muhojirlar oqimini radikal çoralar bilan çeklaşga harakat qilmoqda - xususan, rasmiylar mamlakatga noqonuniy ravişda kelganlarni Ruandaga çiqarib yuborişni rejalaştiryapti.