Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Muzokaralar sharti - urushni darhol to‘xtatish
Moskva bilan ehtimoliy muzokaralar bo‘yicha «yagona real taklif» bu - «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushni zudlik bilan to‘xtatishi va rus qo‘shinlarini 1991 yil chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketishi» bo‘lishi kerak. Bu haqda Ukraina TIV matbuot kotibi Oleg Nikolenko o‘zining Facebook'dagi sahifasida xabar berdi.
Foto: Reuters
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya tomoni Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha muzokaralarga hamon tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
Nikolenkoning so‘zlariga ko‘ra, Lavrovning bayonoti «Rossiya armiyasining mag‘lubiyatlari fonida vaqt o‘tkazish uchun navbatdagi tutun pardasidan boshqa narsa emas».
«Rossiya Ukrainada jinoyat sodir qilishda davom etar ekan, javob bitta bo‘lishi kerak - jang maydonida», - deya ta’kidlab o‘tdi Ukraina TIV matbuot kotibi.
Bundan oldin Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Ukrainaga harbiy hujum boshlanganidan beri Rossiya allaqachon janglarda 70 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarini yo‘qotganini ma’lum qilgandi.
Uning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevraldan beri Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining umumiy jangovar yo‘qotishlari taxminan 70 250 kishini tashkil qildi.
Bundan tashqari, Rossiya 2659 ta tank, 5401 ta zirhli jangovar mashinalar 1708 ta artilleriya tizimlari va 380 ta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlaridan mahrum bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
16:47 / 16.04.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
12:49 / 27.03.2026