O‘zbekiston | 08:53 / 31.10.2022
3740
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston pomidorni asosan Rossiya va Qozog‘istonga sotyapti

O‘zbekiston 9 oyda qariyb 60 ming tonna pomidor eksport qildi.

Foto: TASS

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga qiymati 45,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 60 ming tonna pomidor eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, pomidor eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13 ming tonnaga kamaygan. 

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p pomidor eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi – 29,3 ming tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 23,8 ming tonna hamda 6,3 ming tonna pomidor olib borilgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich boshqa davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Tojikiston – 513 tonna;
  • Mo‘g‘uliston – 7,7 tonna;
  • BAA – 2,5 tonna.

9 oyda xorijga eng ko‘p pomidor eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati – 17 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 12 ming tonna;
  • Buxoro viloyati – 6,7 ming tonna.

Mavzuga oid