"Zakovat-Gambit" şaxmat turnirining 600 mln söm egalari aniqlandi
|18:00 / 31.10.202215 8577 min
Toşkentda havaskor va professional şaxmatçilarni bir joyga jamlagan navbatdagi "Zakovat-Gambit" turniri ötkazildi. Unda yoşi va reytingidan qat’i nazar barça Özbekiston fuqarolari iştirok etiş imkoniyatiga ega böldi.
Ikkinçi marta ötkazilgan musobaqa uç bosqiçda taşkil etildi. www.chess.com platformasida bölib ötgan saralaş bosqiçida 1569 nafar şaxmatçi qatnaşdi va ular orasidan saralab olingan 83 nafar iştirokçi esa yarimfinal hamda finalda öynadi.
"Zakovat-Gambit" öyinlaridan surat / Foto: Zakovat"Zakovat-Gambit" öyinlaridan surat / Foto: Zakovat"Zakovat-Gambit" öyinlaridan surat / Foto: Zakovat
Xalqaro grossmeyster Nafisa Möminovaning aytişiça, bu kabi musobaqalar birinçi navbatda şaxmat sport turi ommalaşişiga xizmat qiladi.
“Çunki uzoq-uzoq qişloqlardagi musobaqada qatnaşiş imkoniyati bölmagan odamlar ham heç bölmasa, onlayn tarzda özini sinab köriş imkoniyatiga ega bölişdi. Onlayn bahslarda yaxşi iştirok etganlar viloyatlardan kelib ham final öyinlarida bölişdi.
Ba’zilarini umuman bilmaymiz, tanimaymiz ham. Umuman notaniş bölgan şaxmatçilar ham şu yergaça kelişdi. Yaxşi qobiliyat egalari kaşf etilmoqda.
Bundan taşqari, musobaqaning mukofot jamğarmasi har bir guruhga teng taqsimlangani va uning sezilarli darajada qiymatli ekani ösib kelayotgan yoş şaxmatçilarimizga qaysidir ma’noda moliyaviy kömak bölmoqda”, – dedi Nafisa Möminova.
Nafisa Möminova, xalqaro grossmeyster / Foto: Kun.uz
Turnir iştirokçilari reytingiga qarab, 5 ta guruhga bölingan. Bunda B, C, D, E guruhidagilar 9 ta turda şveysarça tizimda bahslaşgan bölsa, A guruhidagi professional şaxmatçilar davra suhbati tarzida navbat bilan özaro oq va qora donalarda öynaşdi. Iştirokçilar orasida avgust oyida Hindistonning Çennay şahrida bölib ötgan
professional şaxmatçi Jahongir Vohidov ham iştirok etdi.
Jahongir Vohidov xalqaro grossmeyster Harika Dronavalli bilan öynamoqda / Foto: Zakovat
Uning ta’kidlaşiça, “Zakovat-Gambit” şaxmat turniri öziga xos musobaqalardan hisoblanadi.
“Çunki bu musobaqada ham professional, ham havaskor şaxmatçilar tajribali grossmeysterlar bilan kuraşa oladi. Şuning uçun ham buni dunyoda yagona turnir desak böladi. Bu esa, albatta, yangi şaxmatçilarni kaşf qilişdagi maktab hisoblanadi.
Ötgan yilgi musobaqa ham juda qizğin tarzda keçgan edi. Köplab kuçli şaxmatçilar kelib, yoşlar bilan bittadan seans öynab, tajribalarini oşirişga kömaklaşgandi. Bu harakatlar yangi avlod şaxmatçilariga mahoratli dars böladi. Umid qilamizki, yangi şaxmatçilar Özbekiston nomini jahonga tanitgan vaqtida “Zakovat-Gambit” orqali çempion bölişganini ta’kidlab ötişadi”,– deya qayd etadi Jahongir Vohidov.
Jahongir Vohidov, Professional şaxmatçi, Foto: Zakovat
Bu yilgi turnir uçun ham dunyoga maşhur grossmeysterlar taklif qilindi. Jumladan, yoşlar örtasidagi jahon çempioni, 2000-2002 yillarda FIDE jahon vitse-çempioni bölgan Aleksey Şirov, ikkinçisi esa 20 yoşlilar örtasida jahon çempionligini qölga kiritgan, qolaversa, Hindiston va Osiyo miqyosida ötkazilgan turnirlarda ğolib bölgan Harika Dronavalli “Zakovat-Gambit” turnirida iştirok etişdi.
Aleksey Şirov va Harika Dronavalli özaro bahslaşmoqda / Foto: Zakovat
“Musobaqa professional tarzda taşkil etildi. Qatnaşuvçilarning reytingi bu yerda rol öynamaydi, lekin öyiniga juda diqqat-eʼtiborli bölgan şunday bolalarni kördim: ba’zi öyinlarda yutqazganlari uçun köz yoşlarini ham tiya olişmadi. Bu esa juda yaxşi şaxmat atmosferasi paydo bölganidan darakdir.
Bu kabi turnirlar ösmir hamda yoşlarning yaxşigina rivojlanişiga xizmat qiladi va men bundan xursandman. Umuman olganda, uyimga qaytayotganda bu yerdan faqat yaxşi taassurot olganimni eslayman”,– dedi Harika Dronavalli.
Harika Dronavalli, Xalqaro grossmeyster / Foto: Zakovat
Öyinlar öz yakuniga yetgaç, tadbirning badiiy qismi, konsert dasturi hamda taqdirlaş marosimi boşlandi. Unda turnir taşkilotçilari sözga çiqib, Özbekiston yoşlarining şaxmat sport turi borasidagi yutuqlarini ta’kidlab, kelgusida bundan ham kattaroq natijalar qayd etilişiga umid bildirişdi.
Şundan söng birin-ketin turnirning ğolib hamda sovrindorlari taqdirlana boşlaşdi. Dastlab eng yoş va yoşi uluğ şaxmatçilarga 10 mln sömdan mukofot puli topşirildi.
Eng yoş iştirokçi nominatsiyasi ğolibi bölgan 8 yoşli Oriyat Obidjonovga 10 mln söm berilmoqda / Foto: Zakovat
Eng yoşi uluğ iştirokçi nominatsiyasi böyiça 10 mln söm mukofot 64 yoşli Razet Ziyaddinovga nasib etdi / Foto: Zakovat
Keyin esa guruhlar kesimida 3 ta örin sohiblari e’lon qilindi.
A guruh finalining ğoliblari:
1-örin - Javohir Sindorov;
2-örin - Jahongir Vohidov;
3-örin - Muhiddin Madaminov.
Qoidaga köra, xorijiy mehmonlar – Harika Dronavalli va Aleksey Şirovlarning turnirdagi natijalari hisobga olinmasligi sababli yuqoridagi iştirokçilar A guruhi sovrindorlari böldi.
B guruhida quyidagi iştirokçilar ğolib böldi:
1-örin - Xumoyun Begmurodov;
2-örin - Oleg Artyomenko;
3-örin - Daler Vohidov.
C guruhi ğoliblari:
1-örin - Afruza Hamdamova;
2-örin - Asrorjon Omonov;
3-örin - Miraziz Qöziyev.
D guruhi finalining ğoliblari:
1-örin - Islombek Sindorov;
2-örin - Temur Şernazarov;
3-örin - Akbarali Abduhakimov.
E guruhi finalining ğoliblari:
1-örin - Madinabonu Xalilova;
2-örin - Abdumajid Botiraliyev;
3-örin - Abdumalik Xalilov.
Belgilanganidek, ğoliblar quyidagi miqdorda mukofotlanadi:
1-örin - 50 million söm;
2-örin - 30 million söm;
3-örin - 20 million söm.
Bundan taşqari, tadbir söngida eng faol 4 nafar qizlar ham 20 mln söm qiymatida pul mukofoti bilan taqdirlanişdi.
Joriy yildagi turnir ğoliblariga 600 mln söm tarqatilgan. 2021 yilda bölib ötgan “Zakovat-Gambit” turnirining mukofot jamğarmasi 610 million sömni taşkil etgandi. Taşkilotçilar bu yilgi turnirning A guruhi qatnaşçilari orasida ayollar va qizlar bölmagani, şu sababli bu guruhda eng faol ayol nominatsiyasi ğolibi bölmagani uçun 2021 va 2022 yilgi musobaqalarning mukofot jamğarmasida farq yuzaga kelganini bildirişdi.
Eslatib ötamiz, şaxmat böyiça jahon çempionlari Vişvanatan Anand, Rustam Qosimjonov, şaxmat qiroliçasi Yudit Polgar, 2016 yilda öyin seansidagi partiyalar soni böyiça şaxmat jahon rekordini örnatgan (48 öyin) Timur Gareyev, 2018 yilda 20 yoşgaça bölgan qizlar örtasida ötkazilgan şaxmat böyiça jahon çempionati ikkinçi örin sovrindori hamda 2019 yilda jahonning eng yaxşi 30 şaxmatçisi qatoridan joy olgan Gulruxbegim Tohirjonova 2021 yilgi turnirning faxriy mehmonlari bölişgandi.
Ilk turnir yakunlariga köra, öz guruhlarida 1-örinni olganlarga 50 mln, 2-örin egalariga 30 mln va 3-örindan joy olganlarga 20 mln sömdan pul mukofotlari berilgandi. Şuningdek, qizlar örtasidagi musobaqalarda ajoyib iştirok etgan 4 nafar qizning har biri 20 mln sömdan pul mukofoti bilan taqdirlangandi.