Hindistonning Çennay şahrida bölib ötgan 44-Butunjahon şaxmat olimpiadasining sönggi, 11-turida Özbekiston jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan ğalaba qozonib, 188 jamoa iştirok etgan olimpiada çempioniga aylandi.

Bugungi bahslarda Nodirbek Yoqubboyev (2620), Nodirbek Abdusattorov (2688) va Javohir Sindorov (2629) öz öyinlarida durang natija qayd etişdi. Hal qiluvçi bahsda esa 27 yoşli tajribali Jahongir Vohidov (2564) 20 yoşli Maks Uormerdam (2610) ustidan ğalabaga erişdi va umumiy 2,5-1,5 hisobini ta’minladi.

Bu natijadan keyin Özbekiston jamoasi turnir jadvalida 19 oçko bilan birinçi örinni saqlab qoldi - asosiy raqib bölgan Armaniston ham Ispaniya vakillarini mağlub etgandi va oçkolari sonini 19 taga yetkazgandi, ammo qöşimça körsatkiçlar evaziga ikkinçi örinda qoldi.

Qayd etiş kerakki, Özbekiston tarixda birinçi marta şaxmat olimpiadasida oltin medalni qölga kiritdi.

Özbekiston terma jamoasi uşbu olimpiada davomida biror marta ham mağlubiyatga uçramagan yagona jamoa böldi.