Bloomberg dunyoning eng boy oilalari reytingini e'lon qildi. Butun dunyo böyiça 10 mingdan ortiq Walmart dökonlariga ega Uoltonlar jahondagi eng badavlat oila deb topildi.

Walton Enterprises egalarining boyligi 238,2 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Ulardan keyingi örinda konditer mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Marslar oilasi joylaşdi.

Agentlik ma'lumotiga köra, Marslar oilasining boyligi 141,9 mlrd dollarga teng.

Röyxatda uçinçi örinni 124,4 mlrd dollar boylik bilan Koxlar oilasi egalladi.

Yuqori öntalikka şuningdek, Hermes modalar uyiga egalik qiluvçi Ermelar oilasi (116 mlrd dollar), Saudiya Arabistoni qirollik oilasi (100 mlrd dollar), Chanel modalar uyi egasi bölgan Vertxaymerlar oilasi (61,8 mlrd dollar) va Thomson Reuters axborot agentligiga egalik qiluvçi Tomsonlar oilasi (61,1 mlrd dollar) kirdi.

Avvalroq EY konsalting kompaniyasi va Şveytsariyaning Sankt-Gallen universiteti dunyoning eng yirik oilaviy kompaniyalari reytingini taqdim qilgandi.