Yaqinda ötkazilgan InnoWeek.uz-2022 Xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Eronning Amnpardaz Soft Coperation kompaniyasi va «Yaşnobod» innovatsion texnoparki rezidenti AQL EGALARI MÇJ örtasidagi 1,5 million AQŞ dollariga teng investitsiyaviy kelişuv imzolandi.

Amnpardaz Soft Coperation kompaniyasi 2005 yildan beri Eronda veb-dasturiy ta’minotlar kiberxavfsizligi böyiça işlab kelayotgan, eng sönggi antivirus dasturiy tizimlariga ega mamlakatdagi yirik IT-xolding tuzilmasi hisoblanadi. 200 dan ortiq yetakçi dasturçilar guruhidan iborat kompaniya yillik mablağ aylanmasi 2 milliard dollarni taşkil etadi.