«Utro.ru» naşri «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojindan safarbarlik yakunlari haqida söradi.
«Juma kuni Rossiyada qisman safarbarlik yakunlangani e’lon qilindi. Uning yakunlariga qanday baho berasiz?» deyiladi tahririyat savolida.
Bunga javoban Prigojin şunday dedi:
«Ha, darhaqiqat aholining safarbarligi ötkazildi. Sanoatning safarbarligi ötkazilmoqda, ammo zör-bazör. Ötkazilmay qolgan eng asosiy narsa — elita safarbar qilinmadi. Oligarxlar va elitaning boşqa vakillari çeksiz qulaylikda yaşayotgan edi, şunday yaşaşda davom etmoqda. Ularning farzandlari uruşga bormagunça, mamlakat töliq safarbar qilinmaydi».
Yevgeniy Prigojin 61 yoşda, rossiyalik tadbirkor, oligarx, Rossiya prezidenti Putinning işonçli vakili, davlatning oliy martabali şaxslari ovqatlanişini taşkil qilgani bois, matbuotda «Putinning oşpazi» laqabini olgan.
2016 yildan buyon AQŞ, 2020 yildan Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya, 2022 yildan Avstraliya, Kanada va Yaponiya sanksiyalari ostida. 2022 yil iyul oyida AQŞ Davlat departamenti Qöşma Ştatlardagi siyosiy va saylov jarayonlariga aralaşgani uçun Prigojinga nisbatan qidiruv va uning qayerda ekani haqidagi ma’lumot uçun 10 million dollar mukofot e’lon qilgan.
Yevgeniy Prigojin «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi hisoblanadi. Guruh 2014 yilda Ukrainada, keyinçalik Suriya, Liviya va Markaziy Afrika Respublikasidagi harbiy harakatlarda qatnaşgani haqida ma’lumotlar bor.
2017 yilda guruh AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritildi. 2021 yilda Yevropa Ittifoqi guruhni Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga tajovuz qilişda, Suriya va Liviyadagi vaziyatni izdan çiqarişda, inson huquqlarini qöpol buzganlikda ayblab, sanksiyalar joriy qildi.
Şuningdek, BMT va Fransiya «Vagner» jangçilarini Markaziy Afrika Respublikasidagi zöravonliklar va qotilliklarda ayblaydi.
Avvalroq, Prigojin Rossiya jazoni ötaş muassasalaridagi mahbuslarni Ukrainadagi uruşga yuboriş uçun «Vagner» tarkibiga yollayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.














