Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 1 noyabr kuni bölib ötgan yalpi majlisi qaroriga köra 4 nafar vazirga parlament sörovi yuboriladi. Jumladan, Özbekiston boş vazirining örinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovdan “Madaniy meros obektlari hisobini yuritiş, saqlaş va himoyasini ta’minlaş borasida olib borilayotgan işlar töğrisida”gi parlament söroviga javob beriş talab etiladi.

Oydin Abdullayeva, deputat. Foto: Videodan kadr

“Parlament sörovini tayyorlaş jarayonida hukumat tomonidan madaniy meros obektlari hisobini yuritiş, saqlaş va himoyasini ta’minlaş sohasida çiqarilgan qarorlar, prezident farmonlarida belgilab berilgan qator vazifalarning bajarilişi va umuman hozirgi kunda dolzarb bölgan madaniy meros obektlarini saqlaş, muhofaza qiliş borasidagi savollarni qöyganmiz”, deydi deputat Oydin Abdullayeva.

Şu bilan birga, innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov Qoraqalpoğiston, Navoiy va Sirdaryoda umumiy qiymati 25,5 mlrd söm bölgan dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parklari, raqamli texnologiyalar öquv markazlarini yanada rivojlantiriş, şuningdek iqtidorli yoşlarning ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida” parlamentga hisobot beradi. Deputatlar bu boradagi qarorni bir ovozdan ma’qullaşdi.

Vazirlarga parlament sörovi yuboriş haqidagi qarorlar uçun berilgan ovozlar natijasi. Foto: Videodan kadr

Bundan taşqari, yalpi majlisda içki işlar vaziri P. Bobojonovga Oliy Majlis Qonunçilik palatasining parlament sörovini yuboriş masalasi ham körib çiqildi.

“Bugungi kunda Jinoyat kodeksining 40 dan ortiq moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar böyiça şaxs jabrlanuvçi bilan yaraşiş orqali jinoiy javobgarlikdan ozod böliş imkoniyati mavjud. 2021 yil 4 oktyabrda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun bilan 12 turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça ham yaraşuv instituti joriy qilingandi.

Oliy sud tomonidan berilgan ma’lumotga köra, 2021 yilning oktabr-dekabr oylarida 10 ming 773 ta iş böyiça 16 ming 720 nafar şaxsga, 2022 yilning töqqiz oyida 34 ming 244 ta iş böyiça 54 ming 970 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş huquqbuzar tomonidan yetkazilgan zarar qoplanib, jabrlanuvçi bilan yaraşgani munosabati bilan tugatilgan.