13 yanvar kuni Oliy majlis qonunçilik palatasida bölib ötgan yalpi majlisda kapital bozorining bugungi rivojlaniş holati körildi.
Majlisda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorovga «Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş borasida hukumat tomonidan belgilangan ustuvor yönalişlarni amalga oşiriş böyiça olib borilayotgan işlar töğrisida» qonunçilik palatasining parlament sörovini yuboriş haqida qaror qabul qilindi.
Ta'kidlanişiça, yalpi majlisda Özbekiston kapital bozorining bugungi rivojlaniş holati moliya sektorining boşqa iştirokçilari, xususan, bank va suğurta bozorlariga nisbatan sust darajada qolişiga sabab bölayotgan omillar muhokama qilindi.
Deputatlar xorij vakillari iştirokida davlat korxonalari tomonidan obligatsiyalarning asosan çet elda çiqarilişi mahalliy kapital bozori va uning iştirokçilari faoliyatini rivojlantirişga salbiy ta'sir körsatayotganiga e'tibor qaratgan.
Davlat obligatsiyalarining likvidli ikkilamçi bozorining şakllanmaganligi jismoniy şaxslar va norezidentlar tomonidan davlat obligatsiyalari sotib oliş imkoniyatini çeklab qöyayotgani kabi muammolar ta'kidlangan.
Ma'lumot uçun, ayni paytda, Özbekiston fond bozorining kapitallaşuvi yalpi içki maxsulotga nisbatan 1 foizni taşkil qiladi. Bu körsatkiç Qozoğistonda 22 foiz, Rossiyada 35 foiz, Xitoyda 46 foiz, Janubiy Koreyada 87 foiz, Malayziyada 112 foiz hamda AQŞda 149 foizni taşkil etadi

















