Boş vazir birinçi örinbosariga “Özbekiston Respublikasi hududida suv obektlarining suvni muhofaza qiliş zonalarini belgilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar holati töğrisida”gi Qonunçilik palatasining parlament sörovini yuboriş haqida qaror qabul qilindi.

Qişloq xöjaligi sohasi, şuningdek boşqa suv iste'molçilarining ehtiyojlarini ta'minlaşda suv obektlari, xususan, daryolar, köllar, suv omborlari, kanallar, kollektorlar hamda boşqa suv obektlari zaxiralaridan tejamli foydalaniş öta muhim ahamiyatga ega. Qonunçilik palatasining 21 avgust kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida deputatlar uşbu masalani kötarib çiqişdi. 

Parlament saytida yozilişiça, xalq vakillari tomonidan ötkazilgan örganiş va tahlillar mazkur sohada muayyan işlar olib borilayotganiga qaramay, suv obektlarining suvni muhofaza qiliş zonalarini belgilaş, mazkur hududlarda nazoratni taşkil qiliş borasidagi işlar yetarli darajada taşkil etilmaganligini körsatmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatidagi 3 ta daryo — Töpolang, Sangardak va Şerobod daryolari va Uçqizil suv omborining, Jizzax viloyatidagi “Zominsuv”, “Nuraksoy” va “Xöjamuşkensoy” soylarining, Buxoro viloyatidagi 9 ta kölning, Namangan viloyatidagi 14 ta kiçik daryo va boşqa suv obektlarining suvni muhofaza qiliş zonalari töliq belgilanmagan. Bunday holatni boşqa hududlardagi suv obektlari misolida ham köriş mumkin.

Deputatlarning qayd etişiça, suv obektlarining suvni muhofaza qiliş zonalari (aniq çegaralar) belgilanmagani ularni samarali nazorat qiliş imkoniyatini çeklamoqda. Şu bilan birga, ularga tutaş yer maydonlarining özboşimçalik bilan egallanişiga, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan suvni muhofaza qiliş zonalari hududidagi yer maydonlarini boşqa maqsadlar uçun ajratiş töğrisida noqonuniy qarorlar qabul qilinişiga va nizolar kelib çiqişiga sabab bölmoqda.

Birgina 2020 yilning olti oyi davomida tegişli organlar tomonidan suvni muhofaza qiliş, qirğoqböyi hududlarida ötkazilgan reydlar va monitoring natijalariga köra, bu borada respublika böyiça jami 950 ta qonunbuzarlik holati sodir etilgani aniqlangan.

Daryo özanlarini tozalaş, qum-şağal qazib oliş va ularni qayta işlaş bilan şuğullanuvçi 504 ta korxona faoliyati örganilganda, ularning 170 tasida oqovani suv havzasiga ruxsatsiz oqiziş, suvni muhofaza qiliş zonalarida noqonuniy qum-şağal qazib oliş, çiqindilar joylaştiriş bilan boğliq qonunbuziliş holatlari aniqlangan.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, majlisda Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatovga “Özbekiston Respublikasi hududida suv obektlarining suvni muhofaza qiliş zonalarini belgilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar holati töğrisida”gi Qonunçilik palatasining parlament sörovini yuboriş haqida qaror qabul qilindi.