2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Özbekistonda örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 3,72 million sömni (335 dollar) taşkil etdi. 

2021 yilning şu davriga nisbatan ösiş 24,9 foizga teng böldi, deb xabar berdi Davlat statistika qömitasi. 

Örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi (keyingi örinlarda - örtaça iş haqi) tarkibiga qöşimça tölovlar, rağbatlantiriş tölovlari, kompensatsiya tölovlari va işlamagan soatlar uçun tölovlar, şuningdek jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va kasaba uyuşma fondiga ajratmalar ham kiradi. 

Davlat statistika qömitasi uning miqdorini hisoblaş uçun turli sohalardagi 3 milliondan ortiq işçilarning ma’lumotlaridan foydalangan. 

Özbekiston bu körsatkiç böyiça Markaziy Osiyoda uçinçi örinda turibdi. 

1. Qozoğiston – 650 $

2. Turkmaniston – 383 $

3. Özbekiston – 335 $

4. Qirğiziston – 279 $

5. Tojikiston – 159 $ 

Taqqoslaş uçun, Rossiyada bu körsatkiç 828 $. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyada örtaça oylik nominal iş haqi miqdori (real iş haqi inflatsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi) doimiy özgarib turadi. 

Reytingni tuzişda Tojikiston böyiça avgust oyi oxiri, Özbekiston böyiça sentabr oxiri, boşqa mamlakatlar uçun yilning birinçi yarmidagi ma’lumotlar hisobga olingan.