AQŞ prezidenti Jo Bayden Kongress uçun oraliq saylovlar munosabati bilan Kaliforniyada qilgan çiqişida AQŞ «Eronni ozod qilmoqçiligi» haqida gapirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Baydenning nutqi Iroq va Afğonistonda xizmat qilgan amerikalik faxriylarga tibbiy yordam körsatiş masalasiga bağişlangandi. Şu vaqtda u pauza oldi va dedi: «Xavotirlanmang, biz Eronni ozod etmoqçimiz».

Şundan söng u tezda qöşimça qilgan: «Ular tez orada özlarini özlari ozod etişadi». AQŞ prezidenti aynan nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.

Amerika rahbarining şu iqtibosi Reuters agentligi tomonidan ham keltirilgan, xabarda prezident çiqiş qilgan joyga Erondagi namoyişlarni qöllab-quvvatlovçi bannerlar kötargan önlab kişilar kelgani aytilgan.

Köp ötmay Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Baydenning sözlariga munosabat bildirib, Eron 1979 yilgi islom inqilobidan keyin ozod etilgani haqida aytib çiqdi.

«Men [AQŞ prezidenti Jo] Baydenga aytamanki, Eron 43 yil muqaddam ozod etilgan», — deya uning telemurojaat vaqtidagi sözlarini keltiradi Reuters.

Erondagi namoyişlar

Erondagi namoyişlar sentabr oyi örtalarida, 22 yoşli qiz Mahsi Aminiyning vafotidan keyin boşlangandi. Ma’naviyat politsiyasi uni Tehrondagi metrodan ukasi bilan çiqiş vaqtida hijobni töğri kiymagani uçun qölga olgandi.

Keyinroq Aminiyning ukasi IranWire naşriga politsiyaçilar u bilan «qayta tarbiyalaş» maşğulotlari ötkazişni va’da qilişgandi. Politsiya uçastkasidan qizni tez yordam maşinasi orqali şifoxonaga olib ketişadi. Keyinroq şifokorlar uning yuragi xuruj qilgani va insultga uçraganini aytişadi, bir neça kun ötib u vafot etadi.

Eron politsiyasi baxtsiz hodisa röy berganini ta’kidlab keladi. Idora Aminiy huşini yöqotayotgani aks etgan videoni namoyiş etgan. Ammo qizning qarindoşlari politsiyani qotillik sodir etişda gumonlagan.

Eron hukumati namoyişlar «duşmanning islomiy rejimni zaiflaştirişga qaratilgan strategiyasi»ning bir qismi ekani va mamlakat armiyasi «duşmanga qarşi turişi», şuningdek namoyişlar fonida xavfsizlikni ta’minlaşini ma’lum qilgan.