Katta farzandidan ayrilgan ota-ona qolgan bolalari uçun yaşaşga kuç topdi. U vaqtda oilaning ikkinçi öğli Alişer harbiy xizmatda edi. Xizmatlarni yaxşi ötab, imtiyoz bilan qaytişiga qaramay, akasidan keyin özini katta farzand deb bilib öqimadi. Qöliga ketmon olib, adirda işladi, rözğorga yordamlaşdi.
Ikki qizni uzatib, öğil uylantirib, nevaralarni öynatib ötiradigan yoşga yetganda ota-ona yana bir hayot sinoviga yöliqdi. Alişerda akasini olib ketgan dard — jigar sirrozi borligi aniqlandi.
“Ötgan yildan beri öğim şu dard bilan kuraşadi. Oğir iş qilolmaydi, parhez taomlar bilan ovqatlanadi. Yotadi, turadi, uyga kiradi, hovliga çiqadi. Dalada işlab yurgan, tinim bilmagan odam uçun bir joyda bölib qolişdan oğirroq azob yöq ekan. Öğil bola uçun ayni iş qiladigan yoşda bunday ötiriş judayam oğir. Uni körib yordam berolmaslik undanam qiyin.
Dadasining ham soğliği yaxşi emas. Bittasini özim tuproqqa qöydim, ikkinçisini yuragim kötarmaydi, deb yiğlaydilar. Men ham ikkinçi marta farzand doğiga çidolmayman. Keçasi-yu kunduzi bolamni öylab halovatimiz yöq. Erta-yu keç köziga qarayman. Bolaginam ortimizda qolsin, heç kimning boşiga farzand doğini solmasin”, - deydi Janonxon aya köz yoşlarini tiyolmay.
Alişer akaning hali voyaga yetmagan ikki nafar farzandi bor. Ular otasiga şifo sörab tinmaydi. “Otam tuzalmasa, biz otasiz nima qilamiz? Bizni niyatlarimizga kim yetkazadi, boşimizda kim turadi?”, deydi farzandlari. Otaning dardi bolakaylarni ham bir zumda ulğaytirib qöygandek, göyo.
“Könglimdan ötayotganlarini tasvirlab berolmayman. Erkak kişi böla turib, pul topolmasangiz, bir iş qilolmasangiz, bundan oğiri bölmas ekan. Ota-onam ayni rohat köradigan yoşda, lekin pensiyalari ham özlariga nasib qilmayapti. Topganlari mening dori-darmonim-u davolanişimga ketyapti.
Bolalarim ham juda yoş. Menga bir nima bölsa, ularni kim oyoqqa qöyadi, kim suyançiq böladi? Ota-onam keksayib qolişgan, ular mensizlikni kötarolmaydi. Şularni öylab tinimsiz Allohdan şifo sörayman”, - deydi Alişer aka köz yoşlarini yaşirib.
Doktorlar operatsiya qilinişi kerakligi, jigar köçirib ötkazişgina foyda berişini aytişyapti. Bemorning kiçik singlisi donorlik qilişga tayyor. Faqat mablağ yetişmasligi bu amaliyotni ortga surmoqda.
Imkoningiz bölsa, bir insonning salomatligini tiklaşga, oilaning quvonçini, halovatini qaytarişga öz hissangizni qöşing.












