4 noyabr, jumaga ötar keçasi Armaniston qurolli kuçlari bölinmalari Kalbajar tumanining Ellidja va Mollabayramli aholi punktlari yönalişida Ozarboyjon armiyasining pozitsiyalarini beş soat davomida öqqa tutgan. Bu haqda Ozarboyjon Mudofaa vazirligi 4 noyabr kuni ertalab xabar berdi.
Boku mudofaa mahkamasi ma’lumotlariga köra, öqqa tutiş Armaniston qurolli kuçlari tomonidan Basarkeçyar tumanidagi Azizli va Yuxara Şorja aholi punktlari yönalişida turli kalibrli öq otiş qurollaridan foydalangan holda amalga oşirilgan, Ozarboyjon armiyasi bölinmalari «adekvat javob çoralarini kördi», deyiladi ma’lumotda.
Armaniston tomoni bunga raddiya berdi. «Ozarboyjon Mudofaa vazirligi dezinformatsiyani tarqatişda davom etmoqda. 3 noyabrdan 4 noyabrga ötar keçasi Armaniston Respublikasi Qurolli kuçlari bölinmalari Armaniston-Ozarboyjon çegarasining şarqiy qismida joylaşgan Ozarboyjon pozitsiyalariga öt oçmadi», - deyiladi xabarda. Vazirlik saytida qöşimça izoh berilmagan.
Bir kun avval, 3 noyabr kuni ham Ozarboyjon Armaniston Kalbajar tumanidagi Byazirxon aholi punkti yönalişida mamlakat armiyasi pozitsiyalarini öqqa tutayotganini ma’lum qilgan edi.
31 oktyabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Soçidagi uç tomonlama uçraşuv yakunlari böyiça qöşma bayonot berdi. Unda tomonlar kuç işlatişdan tiyiliş va barça muammoli masalalarni faqat BMT nizomi va 1991 yildagi Olmaota deklaratsiyasiga muvofiq suverenitet, hududiy yaxlitlik va çegaralar daxlsizligini özaro tan oliş asosida hal etiş niyatida ekani ta’kidlangan.
1991 yil 21 dekabrda Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Ukraina tomonidan Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) maqsadlari va tamoyillari töğrisidagi Olmaota deklaratsiyasi imzolangan.












