3-4 noyabr kunlari Samarqand şahrida Xalqaro darajadagi yetakçi iqtisodçilar va xalqaro ekspertlarni jamlagan II Özbekiston iqtisodiy forumida Özbekistonning kelgusi beş yillik taraqqiyot strategiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mazkur Forum doirasida “Taşqi savdo, logistika va sanoat siyosati” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Davra suhbatida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boşqaruv raisi – Boş direktori Q.Sanaqulov iştirok etdi. Unda iştirokçilar tomonidan mintaqaviy va köp tomonlama savdo tuzilmalariga integratsiya masalalari, mintaqaviy özaro boğliqlik muammolari va imkoniyatlari hamda kon-metallurgiya sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar muhokama etildi, şu jumladan NKMKda yuz berayotgan transformatsiya jarayonlari haqida gapirib ötildi.

Uşbu Forumda işbilarmon doiralar va xorijiy hamkorlar, xalqaro banklar bilan mustahkam aloqalar örnatiş, özaro muloqotni yölga qöyiş uçun jahonda oltin işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalarning beştaligiga kiradigan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ rahbariyati tomonidan bir qator uçraşuvlar ötkazildi.

Jumladan, “Hitachi Construction Machinery”, “ThyssenKrupp”, “Duratray International”, “Liebherr”, “Epiroc”, “Metso-Autotec”, “JPMorgan Chase Bank”, “Standard Chartered”, “Citibank”, “Raiffeisen Bank”, “KFW IPEX-Bank”, “Commerzbank”, “Credit Suisse” va “Barclays” kabi xorijiy kompaniya, banklar vakillari bilan uçraşuvlarda sönggi yillarda “NKMK” AJ tomonidan erişilgan natijalar, raqamlaştiriş va transformatsiya jarayonlari, sohada amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

II Özbekiston iqtisodiy forumi doirasida kombinat rahbariyati Yevrosiyo taraqqiyot banki (YeTB), “JPMorgan Chase Bank”, “Raiffeisen Bank”, “KFW IPEX-Bank” vakillari bilan olib borgan muzokaralari natijasida 450 million AQŞ dollari va 200 million yevro miqdorida mablağlarini jalb qiliş böyiça hamkorlik memorandumlari imzolandi.