Tadbirda Özbekiston-Kipr aloqalari bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Mamlakatlar örtasida siyosiy muloqotni faollaştiriş, parlamentlar hamkorligini rivojlantiriş, turli yönalişlarda birgalikdagi tadbirlarni keng yölga qöyişdan tomonlar manfaatdor ekani ma’lum qilindi.

Özaro munosabatlarda ustuvor yönaliş hisoblangan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, Özbekiston va Kipr yetakçi kompaniyalari iştirokida turizm xizmati körsatiş, farmatsevtika, energetika, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkaziş, quriliş va boşqa sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.

Şu bilan birga, köp tomonlama hamkorlik istiqbollari, Kipr bilan Yevropa Ittifoqi strategiyasi va dasturlari doirasida amaliy işlarni olib boriş böyiça kelişuvlarga erişildi.