Tadbirdan közlangan maqsad Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasida turizm sohasida özaro hamkorlikni mustahkamlaş, ziyorat turizm yönalişini keng tarğib qiliş hamda mamlakatga saudiyalik sayyohlar sonini köpaytiriş borasidagi masalalarni muhokama qilişdan iborat böldi.
Abdulaziz Sulaymon Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi töğridan töğri aviaqatnovlar sonini yanada köpaytiriş muhimligini ta’kidladi. Ar-Riyod - Toşkent, Jidda - Samarqand, Madina - Namangan yönalişlari böyiça yangi qatnovlarni joriy etiş maqsadga muvofiqligi qayd etildi. Mazkur yönalişlar sayyohlar oqimini köpaytiriş va özaro savdo hajmini oşirişga xizmat qilişini bildirdi.
Saudi International Travel Co. rahbari sönggi yillarda saudiyalik sayyohlar Özbekistonga safar qilişga qiziqişi tobora ortayotganini bildirib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga doir qator takliflarni ilgari surdi.












