World Gold Council (Jahon oltin kengaşi) tadqiqotiga köra, 2022 yilning uçinçi çoragida eng katta oltin xaridorlari Turkiya (31 tonna), Özbekiston (26 tonna) va Qatar (15 tonna) markaziy banklari böldi.
Bu davrda eng yirik sotuvçi Qozoğiston Milliy banki bölib, oltin zaxirasini 2 tonnaga kamaytirdi.
Umuman olganda, jahon markaziy banklari uçinçi çorakda 399,3 tonna oltin sotib oldi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 3 barobar köpdir.
Yil boşidan beri sof oltinni xarid qiliş 673 tonnani taşkil etdi, bu 1967 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir. Öşa paytda rasmiy sektor muassasalari 1404 tonna oltin sotib olgan edi.
Qayd etilişiça, jahon mamlakatlari Markaziy banklarining hammasi ham oltin zaxiralari töğrisida hisobot bermaydi, ba’zilari esa ma’lumotlarni keçiktirib e’lon qiladi.
WGC tahlilçilari hisobotni tuzişda Xalqaro valuta fondi (XVF) statistik ma’lumotlaridan foydalangan.












