DXX xabariga köra, unda 1976 yilda Buxoro viloyatida va 1958 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan ikki fuqaro 874 gr “opiy” moddasini 18 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölganida uşlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, Tojikistondan keltirilgan uşbu narkotik modda haqiqiy egasi hisoblangan Samarqand viloyati Urgut tumanida yaşovçi şaxs ham qölga olindi.
1976 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangani uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro 1985 yilda Toşkent şahrida tuğilgan tanişi bilan Toşkent viloyati Oqqörğon tumaniga borib, uçinçi şaxslar tomonidan qöşni Tojikistondan ötkazilib, xufiyona joyga yaşirib ketilgan ikki dona öramdagi narkotik moddani qabul qilib olgan va uni özaro teng bölib, biri Böka tumani tomon, ikkinçisi Toşkent şahri tomon yöl olişgan. Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda dastlab ulardan biri Ohangaron tumanida 988 gr “gaşiş” moddasi bilan, ikkinçisi Toşkent şahri Yaşnobod tumanida 887 gr “gaşiş” moddasi bilan qölga olindi.
Boşqa bir holatda Quvasoy şahrida yaşovçi, muqaddam sudlangan fuqaro Qirğizistondan mamlakat hududiga kontrabanda yöli bilan ötkazilgan 1 kg 61 gr “gaşiş” moddasini kelgusida sotiş maqsadida Farğona şahriga olib kelgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qölga olindi. Farğona şahrida yaşovçi yana ikki fuqaro Qirğizistondan keltirilgan 974 gr “gaşiş” moddasini Quva tumanida qabul qilib, viloyat markazi tomon harakatlangan vaqtlarida uşlandi.
Namangan viloyati Mingbuloq tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Qörğontepa tumanida yaşovçi, muqaddam giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan fuqaro va uning şerigi 430 gr “gaşiş” moddasini sotmoqçi bölgan vaqtida qölga olindi. Ular Qirğizistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasini Qörğontepa tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxsdan olgani aniqlanib, u ham uşlandi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












