Şuningdek, endi qotillik, talonçilik, bosqinçilik yoki giyohvand moddalar savdosi uçun jazo muddatini ötaganlarni ham uruşga jönatiş mumkin böladi. Şu bilan birga, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyat sodir etganlikda ayblangan, «terrorçilik» va «ekstremistik» moddalar bilan sudlangan şaxslarni safarbarlikka çaqiriş taqiqlanadi.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining oğir jinoyatlari toifasiga beş yildan ortiq qamoq jazosi berilişi mumkin bölgan jinoyatlar kiradi. «Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida»gi qonunning yangi tahririda oğir jinoyatlar sanab ötilmagan, balki Jinoyat kodeksining safarbar qiliş mumkin bölmagan moddalari körsatilgan.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin uzoq vaqtdan beri mahbuslarni Ukrainaga uruşga borişga undab kelmoqda. Putin imzolagan tuzatişlar ular haqida emas, balki avval oğir jinoyat uçun sudlangan, ammo jazoni ötab, hozirda ozodlikka çiqqanlar haqida.
Şartli jazolangan yoki koloniyalardan ozod qilinganlar soni yuz minglab bölişi mumkin. Ularning barçasi sudlanganlik olib taşlamagunça, sakkiz yildan ön yilgaça nazoratda bölişi, vaqti-vaqti bilan röyxatdan ötişi, yaşaş joyini tark etmasligi va turli çeklovlarga rioya qilişi şart.
Huquq himoyaçilarining xabar berişiça, safarbarlik boşlangandan buyon harbiy qömitalar oğir jinoyatlar uçun sudlangan şaxslarni safarbar qilgan, ya’ni taqiqni buzgan. Ammo endi bu taqiq olib taşlanmoqda.
Putin imzolagan qonunda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 28 ta moddasi sanab ötiladi, ular böyiça sudlanganlik yoki ötalmagan jazoning bölişi safarbarlikka tösqinlik qiladi. Biroq, agar qonun kuçga kirsa, oğir moddalarning aksariyati safarbarlik çaqiruviga monelik qilmaydi.
Kimlar uruşga jönatilmaydigan böldi?
Qonunga köra, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyat sodir etganligi uçun olib taşlanmagan yoki jazosi ötalmagan sudlanganligi bölgan fuqarolar safarbarlik böyiça harbiy xizmatga çaqirilmaydi. Rossiya qonunlari voyaga yetmaganlarni harbiy harakatlarga jalb qilişni taqiqlaşi hisobga olinsa, çeklov harbiylarning tinç aholiga nisbatan xatti-harakatlari bilan boğliq muammolarning oldini olişga qaratilgan bölişi mumkin.
Umuman olganda, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining jinsiy daxlsizlikka qarşi jinoyatlar bölimida bolalarga daxldor bölgan faqat bitta modda bor – 16 yoşga tölmagan şaxslar bilan ixtiyoriy jinsiy harakatlar töğrisida. Yana törttasi – zörlaş, şahvoniy xususiyatdagi zöravonlik harakatlari, ularni qilişga majburlaş va behayo xatti-harakatlar – bu moddalar har qanday yoşdagi jabrlanuvçilarga tegişli. Ukraina rasmiylari rossiyalik harbiylarni zörlaşda ayblagan edi. Ammo Davlat dumasi jinsiy jinoyatlarda aybdor deb topilganlarni safarbar qilişga qöyilgan taqiqni saqlab qolmadi.













