Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi fonida XXR raisi Si Jinping yadro qurolidan foydalaniş va qöllaş bilan tahdid qilişdan tiyilişga çaqirdi. «Jahon hamjamiyati Yevrosiyoda yadro qurolidan foydalaniş va yadro uruşlari olib boriş mumkin emasligi haqida qayğurişi kerak», — dedi u 4 noyabr, juma kuni Pekinda Germaniya kansleri Olaf Şols bilan muzokaralar çoğida.

«Yevrosiyoda yadroviy inqirozning oldini oliş kerak. Mojaro tomonlari ehtiyotkorlik, vazminlik körsatişi va muzokaralarni qayta boşlaş uçun şaroit yaratişi lozim. Jahon hamjamiyati Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal etişga kömaklaşiş uçun barça sa’y-harakatlarini amalga oşirişi kerak. Şu bilan birga, vaqt ötişi bilan yadro qurolidan foydalaniş yoki undan foydalaniş tahdidi rad etilişi şart», - deya Si Jinping sözlarini keltiradi Xitoy Taşqi işlar vazirligi.

XXR rahbari Xitoy Germaniya va Yevropaning tinçlik muzokaralarini ötkaziş va Yevropada barqaror xavfsizlik arxitekturasini yaratiş borasidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşiga işontirdi. Şu bilan birga, Si Jinping yana bir bor strategik hamkori - Rossiyani bevosita tanqid qilişdan tiyildi.

Xitoy-Germaniya munosabatlari haqida töxtalib, Si Jinping tomonlar muloqotga rioya qilişlari, bir-birlarining pozitsiyalari va asosiy manfaatlarini özaro hurmat qilişlari va «bloklar qarama-qarşiligidan kelib çiqadigan tösiqlarga birgalikda qarşi turişlari» kerakligini ta’kidladi. «Siyosiy işonçni yöq qiliş oson, lekin uni qayta tiklaş oson emas», — dedi Si Jinping.

Şu munosabat bilan Xitoy rahbari Germaniya sobiq kansleri Helmut Şmidtning siyosatçilar özlari özgartira olmaydigan narsalarni qabul qilişda xotirjamlik, özgartiriş mumkin bölgan narsani özgartiriş uçun jasorat, birinçisi va ikkinçisini farqlay biliş donoligiga ega bölişi kerak, degan sözlarini eslatdi.