5 noyabr kuni UzAuto Motors jamoasi uçun alohida özgaça kun bölib muhrlandi. Zavod konveyeridan tört millioninçi avtomobil çiqdi.

Foto: UzAuto Motors

Uşbu avtomobil Asaka avtozavodida joriy yilning iyul oyidan işlab çiqarilişi boşlangan mahalliy krossover Şevrolet Tracker bölgani ramziy ma’noga ega. 

Bunday natijaga sanoat tarkibidagi barça korxona jamoasining professional va muvofiqlaştirilgan işi tufayli erişildi. Korxona konveyerlarida nafaqat avtomobil, balki köplab butlovçi qismlar çiqariladi. UzAuto Motors’ning bu yutuği nafaqat Asakada, balki Toşkentda dvigatel işlab çiqariladigan UzAuto Motors Powertrain zavodida, UzAuto Motors’ning Xorazm viloyati Pitnakdagi zavodida, şuningdek, avtomobillar uçun turli xil butlovçi qismlarni işlab çiqaruvçi korxonalarda ham nişonlanmoqda. 

Foto: UzAuto Motors

Alohida ta’kidlab ötiş joizki, bundan oldingi 3 000 000-avtomobilga erişiş uçun 22 yil kerak böldi. 4 000 000 ga erişiş uçun atigi 4 yil yetdi. Bularning barçasi avtomobilsozlik sanoatining transformatsiya qilingani va işlab çiqariş quvvatini oşiriş, modernizatsiya qiliş, şuningdek, mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş tufayli amalga oşirildi. 

Foto: UzAuto Motors

Köp işlar qilindi, ammo hali qilinişi kerak bölgan işlar ham talaygina. 2023yilda kompaniya 500 000 avtomobil işlab çiqarişni maqsad qilib qöydi, keyinçalik bu körsatkiç 1 000 000ga kötariladi. Oldinda bizni eng kutilgan Chevrolet Onix avtomobilini işlab çiqariş va Markaziy Osiyo mamlakatlarida yanada kengaytiriş kutmoqda. Vazifa qiyin, ammo buni mamlakat rahbarining kömagi hamda butun sanoat jamoasining fidokorona mehnati tufayli amalga oşiriş mumkin.

Reklama