Amerikalik tadqiqotçilar AQŞda ötkaziladigan oraliq saylovlarga ta’sir körsatiş va Ukrainani qöllab-quvvatlaşga putur yetkazişga qaratilgan Rossiyaning bir qator axborot operatsiyalarini aniqladi, deb yozadi The New York Times (NYT) 6 noyabr, yakşanba kuni.
Gap soxta akkauntlardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlar haqida ketmoqda, ular Rossiya bilan boğliq bölişi mumkin. Xususan, Recorded Future kiberxavfsizlik guruhi Graphika va Mandiant ijtimoiy media tadqiqot kompaniyalari bilan birgalikda Gab, Parler vai Getter kabi platformalar yordamida bir qança rus kampaniyalarini foş qildi.
Naşrning qayd etişiça, bu kompaniyalar 2016 yilgi prezidentlik poygasi vaqtida kuzatilganlarga nisbatan ança oddiy kölamga ega. Biroq, tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, ular baribir zararli, çunki Rossiyaga öz maqsadlariga erişişda yordam beradigan «ayrim öta sodda foydalanuvçilar»ga ta’sir qiladi.
Botlar va trollar deb ataladiganlar, avvalgidek, konservativ saylovçilarning ğazabini qözğatiş va Amerika saylov tizimiga bölgan işonçga putur yetkazişni maqsad qilgan, deb yozadi NYT. Bu safar Rossiya AQŞni Ukrainaga yirik harbiy yordam körsatişni töxtatişga urinişi mumkin.
Şu bilan birga, ekspertlar ta’kidlaşiça, agar ilgari saylovlarga ta’sir körsatiş kampaniyalari kerakli natijaga erişiş uçun keng kölamli bölişi kerak bölgan bölsa, hozirda özini kiçikroq kuçlar bilan çeklaş mumkin, çunki Amerika jamiyati juda kuçli bölingan.
AQŞda oraliq saylovlar 8 noyabr kuni bölib ötadi. Ularda AQŞ Kongressi Vakillar palatasining barça 435 a’zosi va Senat a’zolarining uçdan bir qismi saylanadi.












