Muloqotda Özbekiston xalq ta’limi vaziri birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev, mamlakat elçisi Dilşod Ahadov, CfBT Education Service kompaniyasi direktori Gudivaka Prasad, boşqa mas’ul xodimlar iştirok etdi.
Muzokaralarda ta’lim yönalişidagi hamkorlik imkoniyatlari, maktablarda ingliz tilini örgatiş samaradorligini oşiriş böyiça ilğor tajribani joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
CfBT Education Service taşkiloti rahbari Özbekiston yoşlari orasida xorijiy tillarni tarğib etiş va öqitişga qaratilgan e’tiborni yuqori baholab, bu borada amaliy hamkorlikka hissa qöşişga tayyorligini bildirdi.
Ingliz tilidagi zamonaviy darsliklar holati, ularga bölgan talab va ingliz tili öqituvçilari malakasini oşiriş taşkiliy jihatlari böyiça fikr almaşildi.












