Apple yil oxirigaça iPhone 14 smartfonlarini dastlab taxmin qilinganidan kamida 3 million dona kam, 90 million emas, balki 87 million dona işlab çiqaradi. 

Bloomberg manbalariga köra, buning sababi – nisbatan arzonroq iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlariga talabning past ekani. 

Şuningdek, Apple özining asosiy zavodi joylaşgan Xitoyning Çjençjou şahridagi karantin çeklovlaridan aziyat çekmoqda. 

Jefferies tadqiqotçilari tahliliga köra, iPhone 14 va Plus sotuvi juda tez pasayib ketgan. Bu modellar iste’molçilar orasida ommalaşmagani bois, kompaniya ularni işlab çiqariş rejasini qisqartirgan. 

Şu bilan birga, Apple kompaniyasi qimmatroq iPhone 14 Pro va Pro Max modellariga talab yuqori ekanini ma’lum qilib, Çjençjou şahridagi karantin çeklovlari tufayli ularni işlab çiqariş hajmi ham pasayişini ma’lum qilgan. 

Avvalroq Apple yangi smartfonlarga bölgan talabni rağbatlantiriş maqsadida ayrim modellar narxini pasaytirişni boşlagan edi. 

iPhone 14 nega heç kimga kerak emas? Ekspertlar fikriga köra, iPhone 13 va 14 örtasida sezilarli farq yöq. iPhone 14 Pro esa köp narsalarni taklif etadi: yangi A16 Bionic protsessor, Dynamic Island, ekran çastotasi 1 dan 120 Gs, Always On Display rejimi, şuningdek, yangi 48 megapikselli kamera.