Turkiy davlatlar taşkiloti Boş kotibi Boğdod Amreyev Kun.uz saytiga bergan intervyusida Rossiyaning ayrim doiralarida turkiy xalqlar birligiga nisbatan qöllanadigan “panturkizm” atamasi va Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi haqida fikrlarini bildirdi.

“Panturkizm” xavf emas. Panturkizm bu – turkiy mamlakatlarning bir-biriga yaqinlaşuvi. Unda qanday xavf bölişi mumkin?!

Bu jarayonni butun Rossiya davlatçiligi emas, u yerdagi ayrim doiralar xavf sifatida körib kelgan. Bu endi tabiiy holat. Çunki aksar turkiy davlatlar köp yillar Rossiya ta’siri ostida bölib keldi. Turkiy mamlakatlar birlaşganda, Rossiyaning ularga bölgan ta’siri ham zaiflaşadi. Buni esa ular xohlamaydi.

Ammo biz Rossiya xohlamaydi, deya birlaşuv, yaqin aloqalarni töxtatmaymiz. Panturkizmda heç qanday xavf yöq. Buni xavf sifatida köriş turkiy mamlakatlar birikişiga qarşilik deb öylayman. Bu juda yaxşi jarayon”, – dedi taşkilot rahbari sayt muxbirining şu mavzudagi savoliga javoban.

Amreyev intervyu davomida Turkiy davlatlar taşkiloti Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasiga qanday qaraydi va bu loyihani xalqaro maydonda qançalik himoya qiladi, mazmunidagi savolga ham javob berdi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari turkiy dunyoning öta muhim bölagi. Bu mamlakatlar yaqinlaşuvi bizning taşkilotni ham kuçaytiradi. Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi turkiy dunyoning ham orzusi, maslahatidagi masala. Markaziy Osiyo kuçli bölsa, turkiy dunyo ham kuçli böladi. Bu jarayonga nisbatan bizning qaraş juda yaxşi. Biz bu loyihani doim himoya qilamiz va qöllab-quvvatlaymiz”, – dedi Boğdod Amreyev.

Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.