Özbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga qiymati 68,1 mln AQŞ dollariga teng bölgan 76,7 ming tonna şaftoli eksport qilgan.
Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, şaftoli eksporti ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 21,3 ming tonnaga oşgan.
2022 yilning 9 oyida Özbekiston eng köp şaftoli eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya birinçi örinni egallab turibdi – 64,6 ming tonna.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
- Qirğiziston – 6,4 ming tonna;
- Qozoğiston – 4,8 ming tonna;
- Turkmaniston – 471 tonna;
- Belarus – 261 tonna.
2022 yilning 9 oyida xorijga eng köp şaftoli eksport qilgan hududlar:
- Farğona viloyati – 43,6 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 6,3 ming tonna;
- Toşkent viloyati – 6,1 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 5,7 ming tonna.

















