Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarda vositaçilik qilişga tayyor. Bu haqda 8 noyabr kuni Italiyaning La Stampa gazetasi xabar berdi. 

Uning ma’lumotlariga köra, Vatikan öz hududini tegişli muzokaralarni ötkaziş uçun neytral joy sifatida taklif qilyapti. 

Bunday taşabbusga tayyorlik Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 24 oktyabr kuni Vatikanda Fransisk bilan uçraşuvidan söng ma’lum qilindi.

Avvalroq Rim katolik çerkovi rahbari papa Fransisk Ukraina va Rossiya örtasidagi uruşni töxtatiş uçun Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşmoqçi ekani xabar qilingandi. 

Katoliklar rahbari Moskvaga borganidan keyingina Kiyevga borişi mumkinligini aytgandi.

«Hozirça Kiyevga bormayman. Avval Moskvaga borişim, Putin bilan uçraşişim kerak. Lekin men ruhoniyman, qölimdan nima keladi? Qölimdan kelganini qilyapman», - degan Rim papasi.