Toşkent şahar hokimligi 2022 yil birinçi yarmi böyiça budjet sarhisobini e’lon qildi.
Ma’lum qilinişiça, yarim yillikda Toşkent şahar davlat budjeti 13 trln 819 mlrd sömni taşkil etib, prognozdan ( 12 trln 413 mlrd söm) 11 foizga bajarildi.
Poytaxt budjeti böyiça muhim raqamlar:
- mahalliy budjetlar daromadlari 3 trln 215 mlrd sömni taşkil etib, Toşkent şahar va tumanlar mahalliy budjetlari belgilangan 2 trln 803 mlrd söm prognoz 16 foizga bajarilgan, mahalliy budjetda prognozdan taşqari 412,5 mlrd söm qöşimça mablağ qolgan;
- respublika budjetiga soliq tuşumlari böyiça belgilangan prognozdan ortiqça tuşirilgan 907 mlrd söm mablağ Toşkent şahar mahalliy budjetiga ötkazib berilgan;
- Prezidentning 213-sonli farmoniga asosan yer uçastkalariga bölgan huquqlarni sotişdan tuşgan 35 mlrd 637 mln söm mablağ Toşkent şahri mahalliy budjetining daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismiga ötkazilgani natijasida 154 mlrd 10 mln söm Toşkent şahrining şahar budjetida şakllangan;
- budjetga ortiqça tölangan soliqlar miqdori ötgan yilga (76 mlrd söm) nisbatan 37 mlrd sömga yoki 51 foizga qisqargan bölsa-da, (39 mlrd söm) yuqoriligiça qolgan;
- Şuningdek, soliq tuşumlari böyiça eng köp soliq mol-mulk soliği hissasiga töğri keldi - 569 mlrd söm. Bu yönalişda keyingi örinni yagona soliq tölovi böyiça tuşumlar egalladi – 418 mlrd söm.
Sarhisobda yana bir qiziq raqam şuki, rejaga nisbatan eng yuqori ösiş jismoniy şaxslar daromad soliğidan tuşumlar hissasiga töğri keladi – prognozga nisbatan 49,3 foiz köproq yoki 272 mlrd sömni taşkil qildi.
Şu bilan birga, rejaga nisbatan kamroq tuşumlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tölanadigan daromad soliği (3,4 foiz) va mahalliy soliqlar va yiğimlar (19,2 foiz) hissasiga töğri keldi.
Tumanlar miqyosida eng köp foyda Olmazor tumani hissasiga töğri keldi - 95 mlrd söm, keyingi örinlarda Yunusobod va Yaşnobod.

















